«Arsenal» Rojers o‘rniga muqobil variant topdi
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
Arsenal Nottingham Forest yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni kuzatishni boshladi.
The Sun nashri xabar berishicha, "kanonirlar" uni Aston Villa xavbeki Morgan Rojersga muqobil sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Gibbs-Uaytning narxi va transfer amalga oshish ehtimoli yuqoriligi sababli Arsenal uchun bu oson kechishi mumkin.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.