locale OZ

«Arsenal» Rays bo‘yicha bir qarorga keldi

Ayni paytda amaldagi kelishuv 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal Rays bo‘yicha bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

Arsenal klubi yarim himoyachi Deklan Rays bo‘yicha qaror qabul qildi.

Caught Offside xabariga ko‘ra, “kanonirlar” klubi rahbariyati Raysning o‘yinidan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda.

Klub u bilan yangi, yaxshilangan shartlar asosida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Ayni paytda amaldagi kelishuv 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda Rays barcha turnirlar miqyosida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 11 ta golli uzatma bilan jamoasiga katta hissa qo‘shdi.

Arsenal esa ushbu mavsumda Angliya chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting