«Arsenal» Martinelli bilan xayrlashishga tayyor
Photo: Getty Images
"Arsenal" klubi qanot vingeri Gabriel Martinelli joriy transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Miguel Delaney xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "to'pchilar" 24 yoshli braziliyalik futbolchi borasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Avvalroq unga "Bavariya" qiziqish bildirgandi.
Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Unga "An-Nasr" jamoasi tomonidan taklif bo'lgandi. Martinellining o'zi esa Saudiya klubida qolishni afzal bilgan.
Transfermarkt portali futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor