locale OZ

\"Arsenal\" Maduweke transferini ijobiy hal qilishga yaqin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Maduweke transferini ijobiy hal qilishga yaqin
Photo: Getty Images

"Chelsi" vingeri Noni Maduweke faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Florian Plettenberg.

Qayd etilishicha, "kanonirlar" 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu borada klublar allaqachon muzokara o‘tkazgan.

Maduweke’ning o‘zi ham "Arsenal" vakillari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha ham kelishib olgan.

Avvalroq "ko‘klar" ingliz futbolchisi uchun 50 million funt olishni maqsad qilgani xabar berilgandi.

Maduweke o‘tgan mavsumda APLda 32 ta o‘yinda 7 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting