\"Arsenal\" Maduëke bilan kelishib oldi
Photo: Getty Images
"Chelsi" vingeri Noni Maduëke "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko'ra, londonliklar 23 yoshli angliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Yaqin orada transferni rasmiylashtirish bo'yicha “Chelsi”ga ilk taklifini yuboradi. Maduëke "Arsenal" bilan 5 yillik bitim imzolash bo'yicha kelishib olgan.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning qishida "Chelsi" Maduëke uchun PSVga 35 million yevro to'lagan edi. U o'tgan mavsumda 41 ta o'yinda 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist