«Arsenal» joriy mavsum APLda «Liverpul»ni magʻlub eta olmadi
Har ikki jamoa oʻrtasidagi uchrashuvlar durang bilan yakunlandi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Arsenal» jamoasi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida «Liverpul»ni mag‘lub eta olmadi. Har ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar durang bilan yakunlandi. Ta’kidlash joiz, merseysaydliklar amaldagi Angliya chempioni hisoblanadi.
2025/2026 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasining 21-turidan so‘ng «Arsenal» 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Liverpul» esa 35 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Ikkinchi pog‘onani «Manchester Siti», uchinchi o‘rinni esa Birmingemning «Aston Villa» klubi egallab turibdi.
Keyingi turda «kanonirlar» 17 yanvar kuni «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi, «Liverpul» esa shu kuni «Byornli» bilan bahs olib boradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist