«Arsenal» Gimaraesning transferini yakunlashga tobora yaqinlashmoqda
Londonning “Arsenal” klubi “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraes transferini yakunlashga tobora yaqinlashmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar davom etmoqda va klublar kelishuvni yaqin vaqt ichida rasmiy tarzda yakunlashni maqsad qilgan.
“Bugun ham klublar bitimni yakunlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazmoqda. Braziliyalik yarim himoyachi esa tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun "yashil chiroq" yoqilishini kutmoqda. “Arsenal” rahbariyati ushbu transfer muvaffaqiyatli amalga oshishiga to‘liq ishonmoqda”, — deb yozdi Fabrizio Romano.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Bruno Gimaraes allaqachon “Arsenal” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Hozircha transferning rasmiy amalga oshishiga to‘sqinlik qilayotgan yagona masala — “Arsenal” va “Nyukasl” o‘rtasida transfer narxi hamda bitimning yakuniy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdir.