«Arsenal» futbolchisi Porto'ga o'tmoqda
Фото: Getty Images
“Arsenal” himoyachisi Yakub Kivyor jamoadan ketishga yaqin turibdi. Bu haqda Transfer News Live xabar berdi.
Manbaga ko'ra, polyak futbolchi "Porto"ga o'tishga yaqin. Portugaliya klubi "kanonirlar" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Xabarga ko'ra, Lissabon klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Keyingi 72 soat transfer uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Kivyor ham faoliyatini "Porto"da davom ettirishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist