locale OZ

“Arsenal” Ezri Konsaga qiziqishda davom etmoqda

“Kanonirlar” 28 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasining so‘nggi haftalarida o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Arsenal” Ezri Konsaga qiziqishda davom etmoqda
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Aston Villa” va Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Ezri Konsaga qiziqishda davom etmoqda. “Kanonirlar” 28 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasining so‘nggi haftalarida o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Transfer News Live nashri Standard Sport’ga tayanib xabar berishicha, “Aston Villa” Konsa uchun 60 million funt sterling, ya’ni taxminan 70 million yevro talab qilmoqda. “Arsenal” rahbariyati esa bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda.

Shunga qaramay, London klubi himoyachiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgan. Agar “Aston Villa” talab qilayotgan summani kamaytirsa, “Arsenal” transfer bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishi mumkin. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuv mavjud emas.

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri Konsaning “PSJ”ga qarshi UEFA Superkubogi uchrashuvi qaydnomasida yo‘qligi ehtimoliy transfer bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi. Murabbiyning aytishicha, futbolchiga jahon chempionatidan keyin qo‘shimcha dam olish vaqti berilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting