locale OZ

\"Arsenal\" Dyokeresh transferi uchun qancha taklif qilgani ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Dyokeresh transferi uchun qancha taklif qilgani ma'lum
Photo: Getty Images

“Sporting” hujumchisi Viktor Dyokeresh “Arsenal” klubiga o'tishi mumkin. Klublar o'rtasidagi muzokara jarayoni asta-sekin mantiqiy yakuniga yaqinlashmoqda.

Portuguese Record xabariga ko'ra, "Arsenal" Dyokeresh bo'yicha taklifini yaxshilagan.

“Kanonirlar” Viktorning transferi uchun 65 million yevro va yana 15 million yevro bonus taklif qilishdi.

Ammo “Sporting” klubi shvedlik 27 yoshli forvard transferidan kamida 80 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. Biroq “Arsenal” kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

O'tgan mavsumda u 52 o'yinda 54 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting