«Arsenal» Diasni sotib olishi mumkin
Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, “Arsenal” klubi marokashlik futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Agar Dias uchun 40-45 million yevro taklif qilinsa, "qirollik klubi" u bilan xayrlashishga tayyor.
“Kanonirlar” qishda ham Brahim Diasga da'vogarlar qatorida tilga olingan edi. Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda, uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist