«Arsenal» De Yongga ko'z tikdi
Transfermarkt portali Frenki de Yongni 45 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaga ijodkorlik va tajriba qo‘shish uchun yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Fichajes nashrining xabar berishicha, London klubi "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli de Yongning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan, ya’ni kelasi yozda niderlandiyalik futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Vaziyatni inobatga olgan holda, kataloniyaliklar uchun niderlandiyalik futbolchini qishda sotib yuborish yanada foydaliroq bo‘lishi mumkin, chunki yarim yildan keyin uni tekinga yo‘qotib qo‘yish xavfi bor.
Transfermarkt portali Frenki de Yongni 45 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist