locale OZ

“Arsenal” Bruno Gimarayesh transferi bo‘yicha “Nyukasl” bilan kelishuvga erishdi

Agar transfer rasman tasdiqlansa, bu “Arsenal”ning joriy yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridlaridan biriga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” Bruno Gimarayesh transferi bo‘yicha “Nyukasl” bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

“Arsenal” “Nyukasl Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Gimarayesh transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. L'Equipe xabariga ko‘ra, transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etadi va bitim bo‘yicha yakuniy tafsilotlar hal qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “Arsenal” bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar shaxsiy shartlar yuzasidan avvalroq kelishib olgan bo‘lib, endi faqat hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari qolgan.

Bruno Gimarayesh 2022-yildan buyon “Nyukasl” safida to‘p surib kelmoqda va jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylangan. O‘tgan mavsumda u Premyer-ligada samarali o‘yin namoyish etib, klubning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Agar transfer rasman tasdiqlansa, bu “Arsenal”ning joriy yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridlaridan biriga aylanadi va Mikel Arteta jamoasining yarim himoya chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytiradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting