locale OZ

«Arsenal» Bruno Gimaraes uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Bruno Guimaraes uchun yangi taklif tayyorlamoqda
ФОТО: Getty images

"Arsenal" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni transfer qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" yaqin kunlarda "Nyukasl"ga taxminan 81,9 million yevro miqdorida rasmiy taklif yubormoqchi.

Shu bilan birga, "Arsenal" rahbariyati muzokaralar yakunida transferni qariyb 93,6 million yevro atrofida yakunlash mumkinligiga ishonmoqda.

Biroq "Nyukasl" o‘z yetakchisini bu summaga sotish niyatida emas. "Qora-oqlar" Bruno Gimaraesning qiymatini yozda "Tottenxem"ga 117 million yevro evaziga sotilgan Sandro Tonalidan ham yuqori baholamoqda va narx borasida yon berishni istamayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting