locale OZ

Arsen Venger: Bu juda oddiy, siz futbolchini xuddi uy qurgandek yaratasiz

Arsenal sobiq murabbiyi futbolchi qanday shakllanishi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsen Venger: Bu juda oddiy, siz futbolchini xuddi uy qurgandek yaratasiz
photo: Google

Arsenal sobiq murabbiyi Arsen Venger futbolchi qanday shakllanishi haqida fikr bildirdi.

«Bu juda oddiy, siz futbolchini xuddi uy qurgandek yaratasiz.

Birinchi bo‘lib poydevor keladi, o‘yinchining poydevori bu — texnika. Buni 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan davrda shakllantirasiz.

Agar 14 yoshingizda texnik mahoratingiz bo‘lmasa, buni unuting. Siz hech qachon futbolchi bo‘la olmaysiz. Ikkinchi qism — bu jismoniy jihat, ya’ni birinchi qavat. Afsuski, bu 14-17 yosh oralig‘ida hal bo‘ladi, bu davrda o‘zingizni yetarlicha kuchli va tezkor ekaningizni his qilasiz.

Ikkinchi qavat — taktik tushuncha. Unda o‘yinni tushunish qobiliyati bormi? To‘p bilan nima qilishni biladimi?

18-19 yoshda hal qilinadigan so‘nggi qism (uyning tomi) — bu o‘yinchining qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishni xohlashi, undagi ishtiyoqdir»,-deydi mutaxassis.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting