locale OZ

Arne Slot: Endi biz Isakka chinakamiga, adolat bilan baho berishimiz mumkin

Liverpul bosh murabbiyi klubning yangi transferi Aleksandr Isak haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arne Slot: Endi biz Isakka chinakamiga, adolat bilan baho berishimiz mumkin
photo: gettyimages

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Aleksandr Isakning holati haqida gapirdi. Shved sentyabr oyi boshida mersisaydliklar safiga "Nyukasl"dan kelib qo‘shildi.

"Isak endi besh-olti hafta mavsumoldi tayyorgarlikdan o‘tdi, deyish mumkin. Jismoniy tayyorgarlik nuqtayi nazaridan u kerakli darajaga yaqin. Endi biz unga chinakamiga, adolat bilan baho berishimiz mumkin. Uning mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni yakunlandi, u allaqachon bir nechta o‘yin o‘tkazdi. Yaqin haftalarda uning qanday holatda ekanligini ko‘ramiz," - dedi Slot matbuot anjumanida.

"Liverpul" safidagi oltita o‘yinda Aleksandr Isak bitta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting