Argentina va Rossiya o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin
Hozircha aniq sana yo‘q, ammo g‘oya muhokama qilinmoqda
Rasm: gettyimages.com
Argentina futbol uyushmasi (AFA) vakillari Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi mumkinligini ma’lum qilishdi. Bu haqda “VseProSport” portali xabar berdi.
— Rossiyaga qarshi o‘yin tashkil etilishi ehtimoldan xoli emas. Bu masala ko‘rib chiqilishi mumkin, biroq hozircha aniq sana yo‘q, — deyishgan AFAda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi 4 sentabr kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan.
Bakradze Iman
Redaktor