locale OZ

Argentina terma jamoasining qaytishi sababli mamlakatdagi barcha o‘yinlar qoldirildi

Barcha musobaqa o‘yinlari boshqa muddatga ko‘chirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Argentina terma jamoasining qaytishi sababli mamlakatdagi barcha o‘yinlar qoldirildi
ФОТО: Getty images

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) milliy terma jamoaning Jahon chempionati–2026 dan qaytishi munosabati bilan 20 va 21 iyul kunlariga rejalashtirilgan barcha o‘yinlar to‘xtatilganini e'lon qildi.

Shu tariqa, Argentina Superkubogi, Primera Nasonal, Primera C, o‘rinbosarlar chempionati, ayollar chempionati, havaskorlar turniri, shuningdek, futzal bo‘yicha barcha musobaqa o‘yinlari boshqa muddatga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting