Argentina terma jamoasi JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi
Futbol bo‘yicha amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi JCH-2026 musobaqasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.
Bosh murabbiy Lionel Skaloni qaydnomaga jami 55 nafar futbolchini kiritdi.
Ro‘yxatdan Lionel Messi, Emiliano Martinez va Lautaro Martinez kabi yetakchilar joy olgan.
Kengaytirilgan tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar: Emiliano Martinez ("Aston Villa"), Xeronimo Rulli ("Marsel"), Valter Benites (PSV), Xuan Musso ("Atletiko"), Fakundo Kambeses ("Rasing"), Santiago Beltran ("River Pleyt").
Himoyachilar: Nauel Molina ("Atletiko"), Gonsalo Montyel, Xerman Pesselja, Markos Akunya (barchasi — "River Pleyt"), Lisandro Martinez ("Manchester United"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Kristian Romero ("Tottenxem"), Nikolas Talyafiko ("Lion") va boshqalar.
Yarim himoyachilar: Enso Fernandes ("Chelsi"), Rodrigo De Paul ("Inter Mayami"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul"), Niko Pas ("Komo"), Alejandro Garnacho ("Chelsi"), Leandro Paredes ("Boka Xuniors"), Tiago Almada ("Atletiko").
Hujumchilar: Lionel Messi ("Inter Mayami"), Xulian Alvares ("Atletiko"), Lautaro Martinez ("Inter"), Franko Mastantuono ("Real"), Matias Soule ("Roma").