Argentina guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi
Messi yana gol urdi.
ФОТО: Getty images
Argentina milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Iordaniyani 3:1 hisobida mag'lub etdi. Natijada amaldagi chempionlar guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlab, pley-off bosqichiga chiqdi.
AQShning Texas shtati, Arlington shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda argentinaliklarning gollariga Giovani Lo Chelso (19), Lautaro Martinez (31, penalti) va Lionel Messi (80) mualliflik qildi. Iordaniyaning yagona golini esa Muso Al-Tamari 55-daqiqada kiritdi.
Shu tariqa, uchta uchrashuvda ham g'alaba qozongan Argentina 9 ochko bilan “J” guruhida birinchi o'rinni egallab, pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist