locale OZ

«Aral» Jumaev bilan shartnoma imzoladi

Nukus klubi tarkibni kuchaytirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Aral" Jumaev bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston Pro ligasi ishtirokchisi “Aral” klubi legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Sports24.uz nashriga ma’lum bo‘lishicha, Turkmaniston milliy terma jamoasi himoyachisi Vepa Jumaev nukusliklar bilan kelishuvga erishgan.

25 yoshli futbolchi so‘nggi 5 mavsumni Belarus chempionatida o‘tkazib, 130 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan. 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Vepa Turkmaniston safida 6 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting