AQSh U-20 terma jamoasining Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bekor qilindi
Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
ФОТО: Getty images
AQSh tomoni barcha terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilinganligi sababli, AQSh U-20 terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ham noma’lum muddatga qoldirilgan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ayni vaqtda mazkur FIFA kunlari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun boshqa nomzod jamoalar bilan muzokaralarni boshlab yuborganini ma’lum qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist