locale OZ

AQSH Maurisio Pochettinoga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda

AQSH terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 finalga chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSH Maurisio Pochettinoga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda
photo: gettyimages

AQSH futbol federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida imzolanishi kutilayotgan yangi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Ayni paytda argentinalik mutaxassisning amaldagi bitimi 2026 yil 31 iyulgacha mo‘ljallangan. Pochettino AQSH terma jamoasini 2024 yil sentyabridan buyon boshqarib kelmoqda.

AQSH terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida 1/8 finalga chiqdi. Ular ushbu bosqichda Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting