locale OZ

AQSh elchisi O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSh elchisi O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
Фото: ЎФА

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati mezboni AQShning Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik milliy terma jamoamiz bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi.

Maxsus vakil Paolo Zampolli AQSh rahbariyati nomidan terma jamoamizni 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan tabriklab, kelgusi uchrashuvlarda omad tiladi. Shuningdek, u AQSh mezbonligida o‘tadigan mundial nafaqat sport, balki do‘stlik, innovatsiya va hamkorlik ramzi bo‘lishini ta’kidladi.

Mehmonlarga futbolchilarimiz imzo chekkan to‘plar esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting