locale OZ

AQSh Avstraliyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma oldi

Ular muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSh Avstraliyani mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma oldi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
AQSH
2
Avstraliya
0

Jahon chempionati «D» guruhi 2-turi doirasida AQSh terma jamoasi Avstraliyani ishonchli tarzda mag‘lub etib, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi.

O‘yinning 11-daqiqasida avstraliyalik Kameron Berdjess o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yishi natijasida hisob ochildi. Birinchi bo‘lim so‘nggida, aniqrog‘i 43-daqiqada Aleks Frimen AQShning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

26-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchinchi tur doirasida AQSh terma jamoasi Turkiya bilan, Avstraliya esa Paragvay bilan kuch sinashishi belgilangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting