APL'ning joriy mavsumdagi ramziy terma jamoasi e'lon qilindi
Ushbu ro'yxatdan “Liverpul”ning besh nafar futbolchisi o'rin oldi.
FOTO: Getty Images
Goal.com nashri 2024/2025-yilgi mavsum yakunlari bo'yicha Angliya Premyer-ligasining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra, “Liverpul”ning besh nafar futbolchisi ushbu ro'yxatga kiritilgan. Shuningdek, “Chelsi”, “Arsenal”, “Nyukasl”, “Nottingem Forest”, “Fulhem” va “Brentford” vakillari ham mazkur terma jamoadan o'rin olgan.
Darvozabon: Mats Sels (“Nottingem Forest”).
Himoyachilar: Virjil van Deyk (“Liverpul”), Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”), Gabriel (“Arsenal”), Entoni Robinson (“Fulhem”).
Yarim himoyachilar: Rayan Gravenberx (“Liverpul”), Aleksis Makallister (“Liverpul”), Koul Palmer (“Chelsi”).
Hujumchilar: Muhammad Saloh (“Liverpul”), Aleksandr Isak (“Nyukasl”), Brayan Mbemo (“Brentford”).
Nasrullo Karimov
Jurnalist