locale OZ

APLning ikki klubi Fofana uchun kurashadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning ikki klubi Fofana uchun kurashadi
Photo: Getty Images

“Lion” yarim himoyachisi Malik Fofana APL jamoalari qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.

Goal.com xabar berishicha, "Chelsi" va "Liverpul" 20 yoshli belgiya futbolchisi uchun kurashmoqda.

Har ikki klub ham allaqachon taklif bilan “Lion”ga murojaat qilgan. "Lion" Liga 2'ga tushib ketganidan so‘ng moliyaviy ko‘rsatkichlarini barqarorlashtirish uchun futbolchilarini sotishi kutilmoqda.

Fofana 2024/25 yilgi mavsum "Lion" safida 41 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting