APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi
Photo: Getty Images
APL aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar aniqlandi. Bu ro‘yxatdan 7 nafar futbolchi joy oldi.
Rayan Ait-Nuri ("Vulverxempton") – 5 o‘yinda gol va 2 assist;
Xarvi Barns ("Nyukasl") – 6 o‘yinda 4 gol va 2 assist;
Aleksis Makallister ("Liverpul") – 5 o‘yinda 2 gol va assist;
Jeykob Mörfi ("Nyukasl") – 6 o‘yinda 3 gol va 3 assist;
Morgan Rodjers ("Aston Villa") – 5 o‘yinda gol va 4 golli uzatma;
Rayan Sessenon ("Fulhem") – 5 o‘yinda 2 gol va 2 golli uzatma
Yorgen Larsen ("Vulverxempton") – 5 o‘yinda 4 gol.
G‘olib muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist