APLning 3 klubi van Hekke uchun da’vogarlik qilmoqda
Transfermarkt sayti uning qiymatini 35 mln yevro deb baholamoqda.
ФОТО: Getty images
Gollandalik himoyachi Yan Paul van Hekke "Brayton"dan ketishi mumkin.
Futbolchini Angliyaning top-klublari kuzatmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Da'vogarlar orasida "Chelsi", "Liverpul" va "Tottenhem" qiziqish bildirmoqda. Aytilishicha, "shporlar" van Hekkeni o‘ziga jalb qilish uchun harakatlarini kuchaytirgan. Transfermarkt sayti uning qiymatini 35 mln yevro deb baholamoqda.
Joriy mavsumda Yan Paul van Hekke "Brayton" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist