APLning 3 klubi Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Unga Yevropada talab juda yuqori.
ФОТО: Getty images
Braziliyalik 41 yoshli himoyachi Tiago Silva Angliyaga qaytishni istamoqda.
Globo nashri xabar berishicha, futbolchining oilasi Londonda yashaydi. Uning bolalari ham Angliyaga qaytishni xohlamoqda.
Manbaga ko‘ra, Silvada APLdan uchta variant bor. Unga "Vest Xem", "Fulhem" va "Kristal Pelas" da’vogarlik qilmoqda. Bu klublar uning yoshiga e’tibor qaratmoqchi emas.
“Milan” ham unga asosiy da’vogar hisoblanadi. Ammo futbolchi qaysi jamoaga yo‘l olishini hali aniqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda futbolchi “Fluminense” bilan xayrlashgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist