locale OZ

APLda qishda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar reytingi eʼlon qilindi

Unga koʻra, Mark Gehi eng foydali xarid deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLda qishda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar reytingi eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

Nufuzli The Athletic nashri 2026 yilning boshida Angliya Premyer-ligasida amalga oshirilgan transferlarni tahlil qilib chiqdi. 33 ta bitimdan iborat ro‘yxatda narx va sifat mutanosibligi, yangi o‘yinchining jamoa uchun ahamiyati hamda klubning aynan o‘sha pozitsiyani kuchaytirishga bo‘lgan ehtiyoji kabi mezonlar asos qilib olingan.

Reytingning birinchi pog‘onasini «Kristal Pelas»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Mark Gehi egalladi.

Qishda amalga oshirilgan top-10 transferlar (APL):

  1. Mark Gehi («Kristal Pelas»dan «Manchester Siti»ga)
  2. Duglas Luis («Yuventus»dan «Aston Villa»ga)
  3. Antuan Semenyo («Bornmut»dan «Manchester Siti»ga)
  4. Oskar Bobb («Manchester Siti»dan «Fulhem»ga)
  5. Aleks Tot («Ferensvarosh»dan «Bornmut»ga)
  6. Konor Gallaher («Atletiko»dan «Tottenhem»ga)
  7. Rayan Rosha («Vasko da Gama»dan «Bornmut»ga)
  8. Eynjel Gomes («Marsel»dan «Vulverxempton»ga)
  9. Pablo Felipe («Jil Visente»dan «Vest Hem»ga)
  10. Valentin Kastelyanos («Latsio»dan «Vest Hem»ga)

«Manchester Siti»ning ushbu qishki transfer oynasida Mark Gehi va Antuan Semenyo kabi ijrochilarni o‘z safiga qo‘shib olgani nashr tomonidan eng oqilona yurishlar deb topildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting