APLda noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Braziliyalik forvard o‘tgan oyda ligada jami 4 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
"Brentford" markaziy hujumchisi Igor Tiago Angliya Premyer-ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
24 yoshli braziliyalik forvard o‘tgan oyda ligada jami 4 ta o‘yinda 5 ta gol urdi.
Tiago umumiy hisobda APLning joriy mavsumida 15 ta o‘yinda 11 ta gol urdi.
Bu futbolchiga “Tottenxem” va boshqa jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qishda u jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska esa eng yaxshi murabbiy deb topilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist