locale OZ

APL'da eng ko'p narxi oshgan futbolchilar e'lon qilindi - Transfermarkt

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL'da eng ko'p narxi oshgan futbolchilar e'lon qilindi - Transfermarkt
FOTO: Getty Images

Nufuzli Transfermarkt portali o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premyer-ligasining eng ko'p narxi oshgan futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko'ra, “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isak 20 million yevro qimmatlagan holda 120 million yevroga baholanmoqda.

Keyingi o'rinda “Bornmut” markaziy himoyachisi, shu yozda “Real” safiga o'tadigan Din Xeysen bormoqda. U 60 million yevroga baholanmoqda (avvalgi narx 42 million yevro).

Shuningdek, uchinchi o'rinni “Arsenal” yarim himoyachisi Mayls Lyuis-Skelli egallab turibdi. Angliyalik futbolchining bozor qiymati 45 million yevroga baholangan (avvalgi narx 28 million yevro).

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum APL chempionligi “Liverpul”ga nasib etdi. “Arsenal” ikkinchi, “Manchester Siti” esa uchinchi o'rinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting