locale OZ

APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Avvalroq APLda oy futbolchisi nomi e'lon qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.

Liga sayti xabar berishicha, mukofotni "Liverpul" yetakchisi Arne Slot qabul qilib oldi.

"Liverpul" Angliya chempionatining dastlabki uchta turini mag'lubiyatsiz o'tkazishga muvaffaq bo'lgan yagona jamoadir. "Qizillar" "Bornmut" (4:2), "Nyukasl" (3:2) va "Arsenal"ni (1:0) mag'lub etdi.

Arne Slot uchun bu faoliyatidagi ikkinchi shunday mukofotdir. U birinchi marta 2024 yil noyabr oyi yakunlariga ko'ra APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting