locale OZ

APL. «Tottenhem» safarda «Lids»ni mag'lub etdi

Londonliklar safarda uch ochkoga ega bo'lishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Tottenhem» safarda «Lids»ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-ligasining 7-turida "Tottenhem" safarda "Lids"ni mag'lub etdi - 2:1.

"Shporlar" safida Matis Tel va Muhammad Kudus gollarga mualliflik qilgan bo'lsa, "tovuslar"dan Noa Okafor javob golini kiritdi.

Natijada "Tottenhem" 14 ochko bilan ikkinchi o‘ringa joylashdi. "Lids" esa 8 ochko bilan 12-pog‘onada.

Turning qolgan o‘yinlari bugun va ertaga davom etadi. Toshkent vaqti bilan soat 21:30da “Chelsi” va “Liverpul” jamoalari o‘zaro bellashadi.

Angliya chempionati, 7-tur

Lids - Tottenhem - 1:2

Gollar: Okafor 34 - Tel 23, Kudus 57.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting