locale OZ

APL. «Tottenhem» o‘z maydonida «Manchester Siti» bilan durang o‘ynadi

Abduqodir Husonov to‘liq o‘yinni o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Tottenhem» o‘z maydonida «Manchester Siti» bilan durang o‘ynadi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer Ligasi 24-turidan o‘rin olgan "Tottenhem" — "Manchester Siti" o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Ushbu natijadan so‘ng "Manchester Siti" 47 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 29 ochkoga ega "Tottenhem" esa 14-pog‘onadan joy olgan.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi 21-daqiqada "Tottenhem" futbolchisiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.

Tottenhem - Manchester Siti - 2:2

Gollar: Sherki, 11 (0:1). Semenyo, 44 (0:2). Gexi, 53 - avtogol (1:2). Solanke, 70 (2:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting