locale OZ

APL. «Tottenhem» o‘z maydonida «Fulhem»ga imkoniyatni boy berdi

Frank jamoasida omadsiz davr davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Tottenhem» o‘z maydonida «Fulhem»ga imkoniyatni boy berdi
ФОТО: Getty images

"Tottenhem" APL 13-turida o‘z maydonida "Fulhem"ga imkoniyatni boy berdi – 1:2.

Uchrashuvning 6-daqiqasiga keliboq mezbonlar ikkita gol o‘tkazib yuborishdi – 4-daqiqada Kenni Tete hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Harri Uilson ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

"Shporlar"ning yagona goli Muhammad Kudus hisobiga yozildi, ganalik futbolchi 59-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Natijada "Tottenhem" 18 ochko bilan APLda o‘ninchi o‘rinda bormoqda. "Fulhem" esa 17 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

APL. 13-tur

Tottenhem – Fulhem – 1:2

Gollar: Tete, 4 (0:1). Uilson, 6 (0:2). Kudus, 59 (1:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting