APL tarixidagi eng yaxshi hujumchi nomi e'lon qilindi
"Arsenal" afsonasi eng yaxshi deb topildi.
ФОТО: Getty images
Goal portali jurnalistlari Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar reytingini e'lon qildi. Ushbu reytingning eng yuqori pog'onasida o'z vaqtida "Arsenal" safida porlagan Tyerri Anri qayd etilgan.
Ikkinchi o'rinda Harri Keyn turadi. U APLda 213 ta gol urgan — faqat Alan Shirerning hisobida ko'proq — 260 ta gol bor. Shirer Goal reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Uchlikni esa Muhammad Salah yakunlamoqda. Misrlik futbolchi o'tgan dam olish kunlari APLda gollar soni bo'yicha to'rtinchi o'ringa ko'tarildi (188).
Keyingi o'rinlarni Erling Holand, Ueyn Runi, Serxio Aguero, Endi Koul, Erik Kantona va Maykl Ouen egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist