APL. «Sanderlend» «Everton» bilan durang qayd etdi
Angliya chempionatida 10-tur uchrashuvlari yakunlandi.
ФОТО: Getty images
Angliya chempionatining 10-turini yakunlab bergan bahsda “Sanderlend” o‘z maydonida “Everton” bilan durang qayd etdi.
Dastlab Ndiaye mehmonlar safida hisobni ochdi. Tanaffusdan so‘ng Jaka muvozanatni tikladi.
Natiajada “qora mushuklar” ochkolari sonini 18 taga yetkazib olib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Everton” 12 ochko bilan 14-pog‘onaga joylashgan.
APL. 10-tur
Sanderlend — Everton 1:1
3 noyabr, "Stadium of Light"
Gollar: Jaka (46) — Ndiaye (15).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist