APL. «Nottingem Forest» oʻz maydonida «Tottenhem»ni yirik hisobda magʻlub etdi
Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Nottingem Forest» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. O‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tdi va «Nottingem Forest» 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi ilk gol 29-daqiqada kiritildi. Mezbonlar vingeri Kallum Hadson-Odoi yarimhimoyachi Ibraima Sangarening uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 50-daqiqada Hadson-Odoi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi — bu safar ham unga assistni Sangare amalga oshirdi.
79-daqiqada esa rollar almashdi: Hadson-Odoi uzatmasidan so‘ng Ibraima Sangare gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Mazkur g‘alabadan keyin «Nottingem Forest» APLda 16 turdan so‘ng 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. «Tottenhem» esa 22 ochko bilan 11-pog‘onada qolmoqda.
APL. 16-tur
«Nottimgem Forest» — «Tottenhem» 3:0
Gollar: Hadson-Odoi (29, 50), Samgare (79).