APL. \"Nottingem Forest\" Londonda \"Vest Hem\"dan ustun keldi
Photo: Getty Images
Angliya chempionatining 37-turida “Nottingem Forest” Londonda “Vest Hem”ni mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida yagona gol Bouen hisobiga yozildi. Mehmonlardan Gibbs-Uayt va Milenkovich gollarga mualliflik qildi.
“Nottingem Forest” bu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 65 taga yetkazib, 7-o‘rinda bormoqda. YeCHL yo‘llanmasiga ega bo‘lish imkoniyatini yo‘qotgani yo‘q.
APL. 37-tur
“Vest Hem” 1:2 “Nottingem Forest”
Gollar: Bouen (86) — Gibbs-Uayt (11), Milenkovich (61).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist