locale OZ

APL. «Man Siti» oʻz maydonida «Brayton» bilan durang oʻynadi, Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi

«Shaharliklar» ketma-ket uchta oʻyindan buyon gʻalaba qozona olmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Man Siti» oʻz maydonida «Brayton» bilan durang oʻynadi, Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida «Manchester Siti» va «Brayton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

41-daqiqada «Manchester Siti» hujumchisi Erlin Holand penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 60-daqiqada mehmonlar safidagi yaponiyalik vinger Kaoru Mitoma hisobni tenglashtirdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Maʼlumot uchun, «Manchester Siti» chempionatdagi 21 o‘yindan so‘ng 43 ochko jamg‘ardi. Bir o‘yin kam o‘tkazgan yetakchi «Arsenal»dan ortda qolish 5 ochkoni tashkil etmoqda. «Brayton» esa 29 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

APL. 21-tur

«Man Siti» — «Brayton» 1:1

Gollar: Holand (pen, 41) — Mitoma (60).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting