locale OZ

APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Vulverxempton»ni magʻlub etdi

Virts nihoyat mersisaydliklar safida gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Vulverxempton»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
27.12.2025, Yak.
Liverpul
2
Vulverempton
1

Angliya Premyer-ligasining 18-turi doirasida «Liverpul» va «Vulverxempton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Yakunda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Hisob 41-daqiqada yarimhimoyachi Rayan Gravenberx tomonidan ochildi. Oradan bir daqiqa o‘tib, 42-daqiqada Florian Virts «Liverpul»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda, 52-daqiqada «Vulverxempton» himoyachisi Santyago Bueno bitta gol bilan javob qaytardi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Liverpul» 18 ta uchrashuvda to‘plagan 32 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Vulverxempton» esa atigi 2 ochko bilan 20-o‘rinda, ya’ni so‘nggi pog‘onada qolmoqda.

APL. 18-tur

«Liverpul» — «Vulverxempton» 2:1

Gollar: Gvaranberx (42), Virts (43) — Bueno (52).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting