APL. «Kristal Pelas» safarda «Tottenhem»ni mag'lub etdi
"Shportlar" quyi ligaga tushib ketishi mumkin.
ФОТО: Getty images
Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan safardagi bahsda "Kristal Pelas" jamoasi "Tottenhem" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida gollarga Ismaila Sarr (dubl) va Yorgen Larsen mualliflik qilishdi. Adam Uorton esa golli uzatmalar bo‘yicha dublni qayd etdi. Mezbonlarning yagona javob to‘pi Dominik Solanke hisobiga yozildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Kristal Pelas" 38 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. "Tottenhem" esa chempionatdagi beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 29 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.
APL. 29-tur
Tottenhem — Kristal Pelas 1:3
Gollar: Solanke 34 – Sarr 40 penalti, 45+7, Larsen 45+1.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist