locale OZ

APL. «Kristal Pelas» safarda «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Kristal Pelas» safarda «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Angliya chempionatining 3-turida "Kristal Pelas" safarda "Aston Villa"ga imkoniyat qoldirmadi – 3:0.

Dastlab uchrashuvning 21-daqiqasida Jan-Filip Mateta penaltidan hisobni ochdi. 68-daqiqada Mark Gehi mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, yana o‘n daqiqa o‘tib Ismoil Sarr hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Natijada “Kristal Pelas” 5 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. "Aston Villa" mavsum startida atigi 1 ochko jamg‘arib, so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona oldingi, 19-o‘rinda bormoqda.

APL. 3-tur

“Aston Villa” 0:3 “Kristal Pelas”

Gollar: Mateta 21, Gehi 68, Sarr 78

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting