APL klublarining agentlarga to‘lagan xarajatlari ma’lum bo‘ldi: «Chelsi» yana peshqadam
APL klublarining agentlarga to‘lagan xarajatlari ma’lum bo‘ldi: «Chelsi» yana peshqadam
Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) 2025 yilning fevralidan 2026 yilning fevraligacha bo‘lgan davr uchun klublarning agentlarga to‘lagan xizmat haqlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, APL klublari bir yil ichida agentlar uchun jami 460 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ sarflashgan.
Eng ko‘p mablag‘ sarflagan top-6 klub:
1. «Chelsi» — £65,1 mln (rekord ko‘rsatkich)
2. «Aston Villa» — £38,44 mln
3. «Manchester Siti» — £37,36 mln
4. «Liverpul» — £33,88 mln
5. «Arsenal» — £32,15 mln
6. «Manchester Yunayted» — £31,78 mln
Eng kam xarajat «Bernli» klubi tomonidan qayd etilgan — 7,36 mln funt. Shuningdek, Chempionship klublari jami 69,7 mln, Birinchi liga vakillari 14 mln, Ikkinchi liga jamoalari esa 2,6 mln funtni agentlar xizmati uchun yo‘naltirishgan.