APL klublari «Manchester Siti»ni sudga bermoqchi
Angliya Premer-ligasining bir qator klublari “Manchester Siti”ni moliyaviy qoidalarni buzgani uchun sudga berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir nechta klub allaqachon ehtimoliy kompensatsiya miqdorini aniqlash maqsadida advokatlarni yollagan.
Avvalroq, “Manchester Siti” moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgan edi. Klub esa ushbu qaror ustidan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Ornshteyn jamoaga nisbatan qo‘llanadigan sanksiyalar hali yakuniy emasligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 2023-yil fevral oyida “Manchester Siti” 2009–2010-yildan 2017–2018-yilgacha bo‘lgan davrda sodir etilgan 100 dan ortiq moliyaviy qoidabuzarlikda ayblangan edi. Klub ochkolardan mahrum qilish, Premer-ligadan chetlatish va avvalgi chempionlik unvonlarini bekor qilish kabi ehtimoliy jazolarga duch kelishi mumkin.