locale OZ

APL klublari Lukumi uchun kurashga qo‘shildi

Unga A Seriyadan ham takliflar bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL klublari Lukumi uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

“Bolonya” markaziy himoyachisi Jon Lukumi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, yangi bosh murabbiyning asosiy transfer maqsadi bo‘lgan Lukumi uchun kurashga “Bornmut” va “Aston Villa” ham qo‘shilgan.

Bundan tashqari, futbolchining xizmatlariga “Galatasaroy” ham qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, "Bolonya" himoyachisining shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan 28 million yevrodan kamiga Lukumini qo‘yib yuborishni istamayapti.

O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 44 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting