APL klublari dam olish kunlari 9 ta oʻyinda atigi 14 ta gol urishdi
Bu 2022 yildan beri kuzatilgan eng past koʻrsatkich sifatida qayd etildi.
FOTO: Getty Images
So‘nggi dam olish kunlari Angliya Premer-ligasidagi 18 jamoa jami 14 gol urdi. Bunday kamgolli natija oxirgi marta 2022 yilda qayd etilgan edi. O‘sha paytda, 15 va 16 oktyabr kunlari jamoalar 13 marta to‘p kiritishgan edi, deya xabar beradi OptaJoe.
- Shanba, 17 yanvar kuni yetti o‘yin bo‘lib o‘tdi:
- «Man Yunayted» — «Man Siti» — 2:0
- «Sanderlend» — «Kristal Pэlas» — 2:1
- «Liverpul» — «Bernli» — 1:1
- «Lids» — «Fulhem» — 1:0
- «Tottenhem» — «Vest Hem» — 1:2
- «Chelsi» — «Brentford» — 2:0
- «Nottingem Forest» — «Arsenal» — 0:0
- Yakshanba, 18 yanvar kuni ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi:
- «Vulverxempton» — «Nyukasl» — 0:0
- «Aston Villa» — «Everton» — 0:1
Hozirgi vaqtda Angliya Premer-ligasida 50 ochko bilan peshqadam «Arsenal». Ikkinchi o‘rinda 43 ochko bilan «Manchester Siti», uchlikni esa 43 ochko bilan «Aston Villa» yakunlab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist