locale OZ

APL. Kim nechanchi o‘rinni egalladi?

2025/2026 yilgi mavsum yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Kim nechanchi o‘rinni egalladi?
ФОТО: Getty images

Bugun Angliya Premer-ligasida mavsumning so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Arsenal” 85 ochko bilan Angliya chempioniga aylandi. Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” (78 ochko), uchinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” (71 ochko) egalladi. Top-4ni “Aston Villa” (65 ochko) yakunladi.

5–8-o‘rinlarni quyidagi jamoalar band etdi: “Liverpul” (60), “Bornmut” (57), “Sanderlend” (54) va “Brayton” (53).

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: “Brentford” (53), “Chelsi” (52), “Fulhem” (52), “Nyukasl” (49), “Everton” (49), “Lids” (47), “Kristal Pelas” (45), “Nottingem Forest” (44) va “Tottenxem” (41).

“Vest Hem” (39), “Byornli” (22) va “Vulverxempton” (20) esa Premer-ligani tark etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting